Madaniyat
Avstriyadagi mashhur Shyonbrunn saroyida o‘zbek tarixi va boburiylar merosiga oid noyob topilma aniqlandi. Bu haqda UzA axborot agentligi xabar berdi.

UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ushbu tarixiy majmuaning “Millionlar o‘rtog‘i” deb nomlanuvchi qismida XVI–XVII asrlardagi Buyuk Boburiylar saltanati hayotini aks ettiruvchi o‘nlab tasvirlar mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur topilma O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo tomonidan aniqlangan. Devorlardagi suratlarda saroy hayoti, hukmdorlar, malikalar hamda jangovar sahnalar tasvirlangan.

Mutaxassislar qayd etishicha, Yevropaning eng qudratli sulolalaridan biri sanalgan Habsburglar yozgi qarorgohi devorlarida boburiylar davriga oid tasvirlarning mavjudligi tarixiy va madaniy aloqalarning muhim dalili hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu topilma boburiylar merosining xalqaro miqyosdagi nufuzi va o‘zbek davlatchiligi tarixining jahon madaniy merosidagi o‘rnini yana bir bor namoyon etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
112676
Jamiyat
95344
Jamiyat
92057
Jamiyat
76445
Jamiyat
//
Izoh yo‘q