Kinorejissyor Yusuf Roziqov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
17:14 / 08.10.2026 329 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 94-ishtirokchisi kinorejissyor va ssenariynavis Yusuf Roziqov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Shekspir tragediyalari va dramalari;

2. Vasiliy Aksyonov va Xulio Kortasarning barcha romanlari;

3. Uilyam Folkner, “Snops” – “Qishloq”, “Shahar”, “Qo‘rg‘on” (“Трилогия о Сноупсах” – “Деревушка”, “Город”, “Особняк”) trilogiyasi;

4. Deni Didro, “Fatalist Jak va uning xo‘jayini” (“Жак-фаталист и его хозяин”) asari;

5. Tornton Uaylder, “Avliyo qirol Lyudovik ko‘prigi” romani;

6. Yuriy Olesha romanlari va Ferens Shanta hikoyalari;

7. Vlentin Katayev, “Mening olmos tojim” (“Алмазный мой венец”) asari;

8. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani;

9. Erkin A’zam asarlari;

10. Usmon Azim she’rlari.

 

Yusuf Roziqov 1957-yil 5-iyunda Toshkent shahrida harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning ssenariychilik fakultetlarida o‘qigan.

 

U birinchi o‘zbek seriallari – “Domla” (1994) va “Burch” (1997) rejissyori hamda ssenariy muallifi sanaladi. Shuningdek, “Olov ichidagi farishta”, “Qilich o‘yini”, “Sohildagi tushlik”, “Ona va o‘gay ona”, “Qayg‘u iskanjasi”, “Qora mushuk niqobi ostida”, “So‘nggi daqiqa”, “Qochoqlar”, “Generalim” nomli yuzga yaqin film va seriallarning rejissyori hamda ssenariy muallifidir.

 

Rejissyorning “Voiz”, “O‘rtoq Boykenjayev”, “Gastarbayter”, “Dard”, “Isnod”, “Kerosin”, “Turk egari”, “Moskvaboddan qochish” kabi qator kartinalari nufuzli va xalqaro mukofotlarga loyiq topilgan.

 

Kinorejissyor 1999–2004-yillar “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori, badiiy rahbari sifatida faoliyat olib borgan. U 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvoni bilan taqdirlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//