Filolog olim Rahmon Qo‘chqor “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
17:05 / 04.09.2026 613 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 93-ishtirokchisi, taniqli olim, filologiya fanlari nomzodi Rahmon Qo‘chqor “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1.     Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlari;

2.     Iogan Volfgang Gyotening “Faust” she’riy romani (Erkin Vohidov tarjimasida);

3.     L.N.Tolstoyning “Iqrornoma” va “Mening e’tiqodim nimada?” asarlari;

4.     F.M.Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” romani;

5.     Onore de Balzakning “Gobsek” qissasi;

6.     Erix Mariya Remarkning “Gʻarbiy frontda o‘zgarish yo‘q” va “Uch og‘ayni” romanlari;

7.     Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” afsonasi;

8.     Gabriel Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” roman;

9.     Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani;

10.  Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor” romani.

 

 

Rahmon Qo‘chqor 1961-yil 18-iyunda Andijon shahrida tug‘ilgan.

 

1987-yil ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning O‘zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

 

1991-yilda “Abdulla Qahhor romanlarining ijodiy tarixi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

 

Mehnat faoliyati davomida ToshDU, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Toshkent davlat yuridik universitetida turli lavozimlarda xizmat qilgan. 2006-yilda “Shuhrat” medali, shuningdek, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Yilning eng yaxshi jurnalisti” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

 

“Iste’dod qadri”, “Men bilan munozara qilsangiz”, “Qarz berilgan nur” singari yakka mualliflikdagi, shuningdek, hammualliflikdagi o‘nlab kitoblari bosilib chiqqan. Yuzlab maqolalari respublika matbuotida, yirik to‘plamlarda chop etilgan. Qariyb 30 yildan buyon respublika televideniyesida “Hayrat” nomli mualliflik ko‘rsatuvi efirga beriladi. Darsliklari, jumladan, umumta’lim maktablarining 5,6,8-sinflari uchun “Adabiyot”, 7,8,9-sinflari uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” kitoblari yillar davomida millionlab nusxada ta’lim muassasalariga tarqatilgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ta’lim-tarbiya

18:09 / 30.09.2026 0 224
Muallimga jo‘natilmagan maktub





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//