Akademik Shavkat Ayupov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
14:46 / 08.07.2026 936 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 91-ishtirokchisi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Amir Temur, “Temur tuzuklari”;

2. Alisher Navoiy, “Xamsa”;

3. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”;

4. Edvin Abbot, “Yassiyurt”;

5. Frans Kafka, “Jarayon”;

6. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita”;

7. Jeyms Joys, “Uliss”;

8. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar”;

9. Murod Muhammad Do‘st, “Lolazor”;

10. Xayriddin Sulton, “Yaldo kechasi”.

 

 

Shavkat Abdullayevich Ayupov 1952-yil 14-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1969-yili maktabni oltin medal bilan bitirib, Toshkent davlat universitetining (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) mexanika-matematika fakultetiga oʻqishga kirdi va 1974-yili “Funksional analiz” mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatdi.

 

1977-yilda akademik Toshmuhammad Sarimsoqov rahbarligida funksional analiz sohasida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi, 1983-yilda “Matematik analiz” va “Ehtimollar nazariyasi” sohalariga oid yoʻnalishda doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

 

1989-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, 1995-yilda esa akademiyaning haqiqiy aʼzosi etib saylandi.

 

1979–1997-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika institutida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. 1997–2003-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (2003-2004),  2004-yildan Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori vazifasida faoliyat koʻrsatdi.

 

2020-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

 

2024-yil 16-dekabr sanasidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Shavkat Ayupov operator algebralari, nokommutativ integrallash va kvant ehtimollar nazariyasi boʻyicha oʻz ilmiy maktabiga ega. 10 dan ziyod darslik, 6 ta monografiya (ulardan 4 tasi xorijda ingliz tilida nashr etilgan), 8 ta oʻquv qoʻllanma muallifidir. 300 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy mamlakatlar nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan.

 

Olim zamonaviy matematika sohasiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi (2003-yil) hamda Abdus Salom nomidagi Xalqaro nazariy fizika markazi (ІSTR) aʼzosi (2008-yil) etib saylangan.

 

1996-yilda “Shuhrat” medali;

2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni;

2011-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni;

2017-yilda І darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan;

2021-yilda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor boʻlgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//