Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikromov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
11:36 / 03.07.2026 2369 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 90-ishtirokchisi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikromov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1.    Aleks Kaplan, “Xitoy XX asrda – sholi dalalaridan atom bombasigacha”.

 

Ushbu asar XX asr davomida Xitoydagi keskin o‘zgarishlarni qamrab olgan.

 

2.     Stiven Frederik Starr,Yo‘qotilgan ma’rifat– Markaziy Osiyoning oltin asri – arablar kirib kelishidan Amir Temur zamonigacha.

 

Ushbu asar Markaziy Osiyo tarixiga bag‘ishlangan eng mashxur ilmiy-ommabop kitob hisoblanadi. Asarda muallif VIIIXII asrlarda Markaziy Osiyo dunyoning ilm-fan va madaniyat markazlaridan biri bo‘lganini asoslab beradi.

 

3.     Eshli Vens, “Ilon Mask: Tesla, SpaceX va kelajakka yo‘l”.

 

2015-yilda nashr etilgan mashxur biografik asarda tadbirkor va ixtirochi Ilon Maskning  hayot faoliyati va dunyoni o‘zgartirishga qaratilgan g‘oyalari haqida hikoya qilinadi.

 

4.     Uolter Ayzekson, “Ilon Mask: biografiya”.

 

Mashxur biografik asar bo‘lib, muallif ikki yil davomida Maskka hamroh bo‘lib, uning oilasi, yaqinlari, hamkasblari bilan yuzlab suhbatlar o‘tkazgan. Kitobda Maskning Janubiy Afrikadagi bolaligi, og‘ir oilaviy muhit, uning ilk tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muhim qarorlari atroflicha yoritiladi.

 

5.     Genri Kissendjer, Erik Shmidt, Deniyel Xattenloker, “Sun’iy intellekt va insoniyatning yangi davri”.

 

Ushbu kitob sun’iy intellektning insoniyat kelajagiga ta’siri haqida eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob siyosatshunoslik, texnologiya va ilm-fan nuqtai nazarlarini birlashtirib, AI insoniyat hayotini qanday o‘zgartirishi mumkinligini tahlil qiladi.

 

6.     Yuval Noah Harari, “Sapiyens: Insoniyatning qisqacha tarixi”.

 

Asarda insoniyatning ilk ajdodlaridan tortib bugungi kungacha bo‘lgan evolyutsion yo‘li tahlil qilinadi.

 

7.     Piter Frankopan, “Ipak yo‘llari: Jahon tarixining yangi talqini”.

 

Jahon sivilizatsiyasini qayta ko‘rib chiquvchi fundamental asar bo‘lib, unda Yevrosiyo va Markaziy Osiyo mintaqasiga eʼtibor qaratiladi.

 

8.     O‘tkir Hoshimov,Ikki eshik orasi”.

 

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi asari fojiaviy-falsafiy roman bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi davrida xalqimiz boshiga tushgan og‘ir kulfatlarni va insonlar taqdirini ochib beradi. Asar inson hayotining tug‘ilish va o‘lim orasidagi qisqa muddat ekanini kuchli hissiyotlar bilan tasvirlaydi.

 

9.     Shavkat Mirziyoyev, “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston”.

 

Ushbu asarda O‘zbekistonning umumbashariy muammolarni bartaraf etish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan global tashabbuslariga e’tibor qaratilgan.

 

10.  Shavkat Mirziyoyev, “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”.

 

Ushbu asar O‘zbekistonni rivojlantirish va Uchinchi Renessans poydevorini qurishning asosiy maqsad va vazifalarini ochib beradi.

 

 

 

Azizbek Isroilovich Ikromov 1977-yil 6-oktyabrda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilgan. 1994-yil tumandagi 7-sonli o‘rta maktabni tamomlab, Toshkent irrigatsiya va suv xo‘jaligi institutida tahsil olgan. Shundan so‘ng IIV Yong‘indan saqlash oliy texnik maktab kursanti sifatida ta’limini davom ettirgan.

 

2000–2004-yillar davomida IIV Yong‘indan saqlash boshqarmasida faoliyat yuritgan. 2004–2006-yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabida tahsil olgan.

 

2006–2014-yillarda IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan. Keyingi uch yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining siyosiy-huquqiy masalalari xizmati, ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha sektori yetakchi inspektori lavozimida ishlagan.

 

Azizbek Ikromov 2017-yilning aprel oyidan oktyabr oyiga qadar IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasida xizmat qilgan. Shundan so‘ng 2017-yilning oktyabrida Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

Prezidentimizning 2019-yil 14-yanvardagi farmoniga ko‘ra “general-mayor” unvoniga ega bo‘ldi.

 

2021–2023-yillar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i, 2020–2023-yillar O‘zbekiston futbol assotsiyatsiyasi vitse-prezidenti, 2023-yil 27-iyuldan Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

 

2026-yil 28-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Tarix

17:08 / 07.08.2026 0 223
Kofir qal’a – Mizdakxon qabristoni tarixi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//