Xalqaro moliya boshqaruvchisi Ashrafbek Olimov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
16:56 / 12.06.2026 276 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 89-ishtirokchisi, Yaponiyaning Nissan Motor kompaniyasi bosh moliya menejeri, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ashrafbek Olimov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

Mening royxatimdan joy olgan kitoblar 5 ta asosiy yo‘nalishga jamlangan:


– Davlat va siyosat falsafasi;
– Islom tarixi va tafakkuri;
Inson psixologiyasi va xulq-atvori;
Adabiy-falsafiy romanlar;
Liderlik va boshqaruv.

1. Nizomulmulk,
Siyosatnoma (davlat boshqaruvi, siyosiy falsafa);
2. Bagrat Shinkuba,
Последний из ушедших (tarixiy roman, milliy xotira);
3. Stephen Covey,
The 7 Habits of Highly Effective People (liderlik, shaxsiy rivojlanish);
4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf,
Qur’on ilmlari (islom ilmlari) va Tafsiri Hilol (tafsir, islom tafakkuri);
5. Ellen J. Langer,
Mindfulness (psixologiya, ongli yashash);
6. Fyodor Dostoyevskiy ,
Jinoyat va jazo (psixologik-falsafiy roman);
7. Kahlil Gibran,
Avliyo (falsafiy-adabiy asar);
8. Phil Hunsaker & Tony Alessandra,
The New Art of Managing People (menejment, liderlik);
9. Mustafo Cho‘qay,
Istiqlol jallodlari (tarix, siyosiy publitsistika);
10. Alixonto‘ra Sog‘uniy,
Tarixi Muhammadiy (islom tarixi, siyrat).

 

 

Ashrafbek Olimov 1981-yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 1998 – 2002-yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. 2006 – 2010-yillar davomida Davlat soliq qo‘mitasida faoliyat yuritgan. 2011-yil Yaponiya Milliy soliq agentligida malaka oshirgan. 2012-yil Yaponiyaning Yokohama milliy universitetining magistratura, 2015-yilda doktorantura bosqichini tamomlagan.

 

2017-yildan beri Yaponiyaning Nissan Motor kompaniyasida faoliyat yuritib keladi. Bugungi kunda kompaniya xalqaro moliya boshqarmasi bosh moliya menejeri.

 

Ingliz, yapon va rus tillarini mukammal o‘zlashtirgan.

 

Yutuqlari:

 

Matematika fanidan Respublika olimpiadasi g‘olibi (1997, 1998);

Yaponiya dzyudo federatsiyasi qora belbog‘ sohibi;

Nissanning Yilning olamshumul natijasi tanlovida bronza medali sohibi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

17:07 / 17.07.2026 0 72
Eshqobil Shukurning zamon qarshisidagi o‘ylari

Ma’naviyat

18:07 / 16.07.2026 0 116
O‘zbek nega to‘yga to‘ymaydi? Ijtimoiy tahlil





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//