Nobel mukofoti sovrindori, Bangladesh muvaqqat hukumati rahbari Muhammad Yunus oʻzi asos solgan Grameen bank orqali aholiga hech qanday hujjat va moliyaviy majburiyatlarsiz kredit ajratadi. Ularga boshqacha: qaynatilmagan suv ichmaslik, bolalariga taʼlim berish va hojatxona qurish kabi talablar qoʻyiladi.
25-oktyabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Mahallada aholini ‘maʼnaviy qashshoqlikʼ hamda ‘kambagʻallik psixologiyasiʼdan chiqarish masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Unda bir qator fan doktorlari, masʼullar ishtirok etdi.
Jumladan, tadbirda qatnashgan “Maʼnaviyat” nashriyoti direktori, falsafa fanlari doktori Muzrop Mavlonov aholini “maʼnaviy qashshoqlik”dan chiqarish boʻyicha mahalla tuzilmalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar haqida toʻxtaldi.
Olim aholini, ayniqsa, yoshlar ongini maʼnaviy jihatdan boyitishda ularning axborot manbalarini puxta oʻrganish, maʼnaviy kontentlarni koʻpaytirish lozimligini taʼkidladi.