Davlatlar va ularning poytaxti nomlarining oʻzbek tili meʼyorlariga mosligi boʻyicha takliflar taqdim etildi

12:06 / 23.06.2026 297
Saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi organi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari rasmiy isteʼmolga kiritish uchun ishlab chiqilgan davlatlar va ularning poytaxtlari nomlarining oʻzbek tilining imlo qoidalari va talaffuz meʼyorlariga mosligi yuzasidan tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari yuborgan takliflarni koʻrib chiqdi.

 

Xabarga koʻra, ishchi organ galdagi taqdim etilayotgan davlatlar va ularning poytaxtlari nomlari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va koʻrib chiqadi.

 

Oʻzbek tiliga befarq boʻlmaganlar oʻz taklif va fikr-mulohazalarini ushbu manzilda qoldirishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//