Do‘ppilarimiz haqida qiziqarli 5 ta fakt


Saqlash
09:09 / 23.09.2021 2 5424

 

1. Do‘ppilar qadimdan eron va turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. O‘zbekistonda Chust, Andijon, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur.

2. O‘zbekistonning eng mashhur do‘ppisi to‘rt qirrali Chust do‘ppilaridir. Uning tomonlari egasini borliqning to‘rt asosiy nuqtasidagi yovuz kuchlardan himoya qiladi. Qora rang fazoni va qorong‘ilikni anglatadi, bezakda odatda oq iplardan foydalanilgan. Libosning 4 tomonidagi “qalampir” hayotni, oilaviy farovonlikni anglatadi va yomon ko‘zdan himoya qiladi. Do‘ppining pastki qismida keltirilgan 16 arka hayot va o‘lim davomiyligidir. Shakl berish orqali ular boylik va hayotiy energiya ta’minotini jalb qiladilar. Arkadagi qo‘zichoq shoxlari kuch va jasoratni anglatadi.

 3. Toshkentning duxoba do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan, buxoro do‘ppisi sidirg‘a yoki gul-li baxmaldan tayyorlanadi; buxoro do‘ppisiga rang-barang ipak iplarda yo‘rma usulida kashta tikib bezatilgan jiyak tutiladi.

 4. Iroqi do‘ppi Shahrisabzda keng urf bo‘lgan, keyinchalik boshqa joylarga tarqalib, har bir mahalliy joyning o‘ziga xos bezak usulida yaratila boshlandi. do‘ppining bu turida kashta iplari sug‘irilib to‘r holiga keltirilgan mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok(terma va bosma usuli)da tikiladi (nomi shundan). Iroqi do‘ppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob do‘ppido‘zlari tomonidan tayyorlanadi.

5. Buxoro zardo‘zlarining zardo‘zi-guldo‘zi va zardo‘zi-zamindo‘zi (“Yulduz”, “Tovus”) do‘ppilari badiiy jiqatdan yuqori baholanadi.

2 Izohlar

Nafisa

06:01 / 01.01.1970

zoʻr😇😇❤️❤️👍👍

Hulkaroy

06:01 / 01.01.1970

Manga bu juda yoqdi zo'rakan

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:03 / 14.03.2024 0 201
Hushyorlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 225
Huquqiy madaniyat. Huquqiy ong. Huquqiy tarbiya

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 224
Hurfikrlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 225
Hurmat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 141 202520
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 94342
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 3 20342
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 0 13595
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 4 13337
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 7 12932
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 11074
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11016
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya