Bir umr


Saqlash
10:09 / 22.09.2021 0 807

Teatr maydonidagi sahn bahor kezlari juda gavjum bo‘ladi. Qari-qartang, yosh-yalang skameykalarga o‘tirib olib o‘zlarini oftobga tovlashadi. Kampirlar aravachalarda nevaralarini olib kelib, o‘zlari ko‘z oynak ustidan gazetani yalagudek qilib o‘qishadi.

Men ham bo‘sh paytlarimda shu yerda hordiq chiqarishni juda yaxshi ko‘raman.

Bir kun kioskadan gazeta olib o‘qib o‘tirgan edim, yonimda hassasini skameykaga tirab bir xotin o‘tirardi. Uning oldidagi havo rang aravachada nevarasi ipi tugmasiga bog‘lab qo‘yilgan qizil sharni ushlavololmay qiyqiradi. Kampir unga beparvo, o‘tgan-ketganlarni tomosha qiladi.

— Nevarami?— dedim. Kampir o‘girilib qaradi.

— Yo‘q, aylanay, chevara. Chevara shirin bo‘larkan. Onasi yosh. Dadasining o‘zi bola. O‘zim oyoqqa turg‘izib bermasam eplasholarmidi.

— Hali yurmaydimi?

— Yurish qayoqda aylanay. Endi toy-toy turyapti.

Bilaman, bolalar juda ayyor bo‘lishadi. Ko‘taradigan odamni topishsa sira yerga oyoq qo‘yishmaydi. Bu bola ham shunaqa qilayotgandir. Kampirning mehribonligidan foydalanayotgandir.

— Yurib ham ketardi, qish paytida bola yurishga erinadi. Mana oftob odamning yelkasini qizdirib qoldi. Endi yurib ketar.

Kampir shunday deb bolani aravachadan oldi. Ikki qo‘ltig‘idan ushlab yerga qo‘ydi. Bola avvaliga tizzasini bukib tixirlik qilib turdi-da, keyin ikki oyog‘ini yerga tiradi.

— Qani, amakinglarga bitta toy-toy turib bergin.

Kampir uni qo‘yib yubordi. Bola xuddi havoda muallaq qolgandek omonat turib qoldi, keyin birdan oldinga sho‘ng‘ib ketdi. Shu sho‘ng‘iganda o‘ng oyog‘ini ko‘tarib tashladi. Yiqilmadi. Keyin yana bir marta shunday qildiyu, mast odamdek gandiraklab yurib ketdi. To‘rt-besh omonat qadam tashlab orqasi bilan o‘tirib qoldi. Kampir yugurib borib uni ko‘tardi. Bola endi aravaga o‘tirgisi kelmay, yerga tushishga xarxasha qilaverdi. Kampir uni yerga qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Shu alpozda bola uch-to‘rt marta yurishga intildi. Oxiri pildirab besh-olti qadam bosadigan bo‘lib qoldi. Kampir xursand.

Ularga qarab turib, o‘ylab ketibman.

Bolaning oyog‘i yerga tegdi. Birinchi qadami boshlandi. Eh-he, bu odam hali hayotda qanchadan qancha yerlarni shu oyoq bilan bosib o‘tadi. Umr bo‘yi...

Said AHMAD

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:03 / 14.03.2024 0 201
Hushyorlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 225
Huquqiy madaniyat. Huquqiy ong. Huquqiy tarbiya

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 224
Hurfikrlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 225
Hurmat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 141 202519
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 94342
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 3 20341
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 0 13564
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 4 13337
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 7 12932
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 11072
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11015
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya