Sirdaryoda tug‘ilib, Suriyada ko‘milgan alloma


Saqlash
15:09 / 16.09.2021 0 1821

Tan olish kerak, yurtimizda tug‘ilgan jahon allomalari haqida ko‘p ham bilimga ega emasmiz. Kitoblarini o‘qigan insonlar ham anqoning urugʻi, desak yanglishmaymiz. Dunyo miqyosida ko‘plab fanlar rivojiga hissa qoʻshgan allomalarimizdan biri Forobiydir.

Abu Nasr Forobiy — Markaziy Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun “al Muallim assoniy” (Aristoteldan keyin “Ikkinchi muallim”), “Sharq Arastusi” nomlariga sazovor boʻldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl-yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bag‘dodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi.

Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. Qabri Damashq shahri (Suriya)da joylashgan. Ushbu allomaning qabri xususida ham bugun to‘liq ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Afg’onistonning G’azna shahrida joylashgan vatandosh alloma Abu Rayhon Beruniy qabrining bugungi noma’lum holati haqida yozgan edik. Kuzatuvlarimiz davom etadi.

 

Oyina.uz

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

10:04 / 16.04.2024 2 345
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 0 789
Onasini eng uzoq kutgan farzand

Qatra

14:04 / 08.04.2024 0 334
Toshbaqaning xatosi

Qomus

12:03 / 14.03.2024 0 411
Hushyorlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 569
Huquqiy madaniyat. Huquqiy ong. Huquqiy tarbiya

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 425
Hurfikrlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 141 203980
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95288
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21457
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 1 18195
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 4 14513
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 7 13469
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12165
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11568
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya