Xom gaplarga pishiq javoblar


Saqlash
14:08 / 18.08.2021 0 1267

Bir kuni Suqrot hakimning xotini og‘ziga kelgannni qaytarmasdan rosa baqir-chaqir qilibdi. Qarasa, eri unga hech javob qaytarmasdan jimgina o‘tirgan emish. Jahliga chiday olmasdan bir chelak suvni erining boshidan qo‘yib yuboribdi.
Shunda Suqrot:
– Bunchalik guldurashlardan so‘ng bir jala yog‘ishini kutgandim, – debdi.

* * *
Mashhur bir faylasufdan:
– Molu davlat oyoqlaringiz ostida yastanib yotibdi-yu, nega buncha faqirsiz? deb so‘rashibdi.
– Ularni olmoq uchun egilmoq lozim-da, – deb javob beribdi u.

* * *
Raqiblaridan biri Galileyning qulog‘i kattaligidan kulmoqchi bo‘lib:
– Quloqlaringiz bir odamga sal kattalik qilmaydimi? – debdi mazax ohangida.
– Mening quloqlarim bir odamga kattalik qilsa qilar-u, ammo sizning quloqlaringiz bir eshakka kichiklik qilmaydimi? – deya javob beribdi. Galiley.

* * *
Bir podshoh qaysi tomonga safarga chiqishini doim sir tutar ekan. Bir marta yo‘lga otlanayotganda vazirlaridan biri undan qayoqqa ketayotganini aytishini o‘tinib so‘rabdi.
Podshoh undan:
– Sir saqlashni bilasizmi? – deb so‘rabdi.
Vazir:
– Albatta, hukmdorim, bilaman, – deb javob beribdi.
Sulton unga:
– Juda soz, men ham bilaman, – debdi.

* * *
Bir yomg‘irpo‘sh ta’mirlovchi odam yozganlarini Shekspirga o‘qishga bergan ekan, qo‘lyozmani ko‘rgan Shekspir unga: “Azizim, siz yomg‘irpo‘sh tuzating, yomg‘irpo‘sh tuzating, faqat yomg‘irpo‘sh tuzating”, deb maslahat beribdi.

* * *
Fransiya hukumati a’zolaridan biri qaysidir muhoraba chog‘ida Napoleonni tanqid qilar ekan, barmoqlarini xarita ustida yurgizib:
– Nima uchun dastlab shu yerni olmadingiz, so‘ngra undan o‘tib, mana bu joyni zabt etmadingiz? – kabi savollar bera boshlabdi.
Bunga javoban Napoleon:
– Agar o‘sha joylarni barmoq bilan olish imkoni bo‘lganida, hech shubhasiz, shunday qilgan bo‘lardim, – degan ekan.

* * *
Bir faylasufdan:
– Omadga ishonasizmi? – deb so‘rashibdi.
– Albatta! Aks holda, ahmoqlarning yutuqlarini nima deb izohlagan bo‘lardim, – deb javob qilibdi u.

* * *
Cherchill oddiy xalq bilan uchrashganda muxolif partiyadan bir ayol unga qattiq-qattiq gapirib so‘zini:
– Agar xotiningiz bo‘lganimda qahvangizga zahar qo‘shib berardim, – deb yakunlabdi.
Cherchill unga yuzlanib:
– Xonim, agar siz xotinim bo‘lganingizda zahar qo‘shilgan o‘sha qahvani jonim bilan ichgan bo‘lardim, – debdi.


Damin JUMAQUL tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

10:04 / 16.04.2024 0 323
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 0 754
Onasini eng uzoq kutgan farzand

Qatra

14:04 / 08.04.2024 0 317
Toshbaqaning xatosi

Qomus

12:03 / 14.03.2024 0 395
Hushyorlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 549
Huquqiy madaniyat. Huquqiy ong. Huquqiy tarbiya

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 413
Hurfikrlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 141 203899
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95227
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 3 21378
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 0 17941
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 4 14447
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 7 13386
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12095
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11538
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya