“Amiri kabir” haqida qiziqarli faktlarni bilasizmi?


Saqlash
11:10 / 25.10.2021 0 1145

 

Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida tanilib, she’rlarini turkiy (Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarida yozgan.

 

Husayn Boyqaro taxtga kelgach, 1472-yilning fevral oyida uni o‘z saroyining bosh vaziri qilib tayinlaydi va unga “Amiri kabir” unvonini beradi.

 

Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin: 1. Devonlari; 2. Dostonlari; 3. Forsiy tildagi she’riy merosi; 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.

 

Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin hovuz qurdirgan va ta’mirlattirgan.

 

 Ulug‘ shoir ijodining shoh asari “Xamsa” 5 dostondan, 52 ming misradan iborat bo‘lib, bu beshlik XV asrda islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi bo‘lgan.

 

1991-yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanali nishonlanib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi hamda Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i barpo etildi va bu bog‘ o‘rtasida shoirning salobatli haykali qad ko‘tardi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 187
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 393
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 867
Onasini eng uzoq kutgan farzand

Qatra

14:04 / 08.04.2024 0 397
Toshbaqaning xatosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204427
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95624
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21845
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19346
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15017
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14192
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12669
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11728
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya