Qayerdasan, bag‘ritoshim!?


Saqlash
17:10 / 22.10.2021 0 716

Ish vaqti tugadi. Biroq, uyga shoshilmasdim. Nazarimda kimdir meni tashqarida kutib turgandek tuyuldi. Derazadan qarayman. Hech kim yo‘q. Hamkasabam so‘z qotadi: “Birov kelishi kerakmidi?”

Shoshib javob beraman:  “A, yo‘q”.

Avtobusda ketayapman. Nazarimda kimdir mendan ko‘z uzmayotgandek tuyuladi. Atrofga shosha-pisha qarayman. Har kim o‘zi bilan ovora.

Yo‘lda ketayapman. Orqamdan kimnidir oyoq tovushi keladi. O‘sha kimdir har bir harakatimni kuzatib kelayotganday.

O‘zimga so‘z beraman: “Orqamga qaramayman”. Ammo bardoshim yetmadi. So‘zimning ustidan chiqa olmadim. Qaradim. Hech kim yo‘q.

Eshikni ochish uchun kalit solarkanman, nazarimda kimdir meni ichkarida – uyda kutib turgandek tuyuldi. Ichki intiqlik bilan shoshilgancha eshikni ochaman. Xonalarni birma-bir ko‘zdan kechiraman. Uyda yolg‘izlikdan boshqa hech kim yo‘q.

Yig‘lagim keladi. Ko‘zguga nazarim tushadi. Ko‘z yosh aralash ich-ichimdan so‘z keladi: “Nega meni aldaysan?!” Aksim ko‘zlaridagi so‘zni o‘qiyman. “Qayerdasan, bag‘ritoshim?!”

 

Oygul Ubaydulla qizi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:04 / 24.04.2024 0 188
Goʻzallik qimmatga tushmasin

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 394
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 869
Onasini eng uzoq kutgan farzand

Qatra

14:04 / 08.04.2024 0 399
Toshbaqaning xatosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204440
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95633
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21850
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 3 19354
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15018
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 14206
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12680
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11734
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya