Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan 58-jahon chempionatining final janglarida to‘rt nafar bokschimiz ishtirok etadi

Saqlash
16:09 / 25.09.2021 880 0

Bugun 25-sentabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining so‘nggi final janglari bo‘lib o‘tadi.

Kecha 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yarim final bahslarida ishtirok etgan bokschilarimiz – Shunqor Abdurasulov jazoirlik Abdelnaser Benlaribini, Mujibillo Tursunov qozog‘istonlik Aytjan Ashirxan va +90 kilogramm og‘irlikda Lazizjon Mullajonov armanistonlik Davit Chaloyanni mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega chiqqandi.


Bugun kunning ikkinchi yarmida tashkillashtiriladigan 58-jahon chempionatining final janglarida to‘rt nafar bokschimiz oltin medallar uchun kurash olib boradi.

75 kg. vaznda Mavluda Mavlonova Viktoriya Kebikova (Belarus),60 kg. da Shunqor Abdurasulov Konstantin Opolskiy (Rossiya), 64 kg.da Mujibillo Tursunov Dmitriy Asanov (Belarus) hamda +91 kg.dv Lazizbek Mullajonov Svetoslav Teterin (Rossiya) bilan jang o‘tkazadi.

Vatanimizning matonatli bokschilari uchun o‘ta mas’uliyatli bo‘lgan ushbu janglarda vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish