Los-Anjelesda o‘tkazilgan xalqaro onlayn tanlovda o‘zbek o‘quvchisi g‘olib bo‘ldi

Saqlash
11:09 / 24.09.2021 877 0

 Namangan shahridagi 1-IDUMning 9-sinf o‘quvchisi Ahrormirzo Rahmonov yaqinda Los-Anjeles shahrida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tanlov pandemiya tufayli onlayn tarzda o‘tkazildi. Bu haqda Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

14-16 yoshli bolalar o‘rtasida dunyoning 87 davlati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tanlovda Ahrormirzo skripka yo‘nalishida ishtirok etdi va 1-o‘rinni egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish