Mahmudxo‘ja Behbudiy haqda hujjatli film yaratildi

Saqlash
09:09 / 23.09.2021 1227 1

 Kecha Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Brand pro media” studiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda suratga olingan "Mahmudxo‘ja Behbudiy" hujjatli filmi premyera qilindi. Kinokartina yetuk jamoat arbobi, o‘zbek teatr dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.

Premyeradan avval, adib poyiga gulchambar qo‘yildi hamda talabalar ishtirokida sahna ko‘rinishi taqdim etildi. Senariy muallifi Abduhamid Muxtorov, rejissor Ibrohim Ahmedov, operator Sardor Anvarov, rassom Sardor Toshmurodov.

Bundan avval Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor haqidagi filmlar premyera qilingandi. 27-sentabrga qadar Cho‘lpon, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo‘lib o‘tadi.

1 Izoh

Avazbek

06:01 / 01.01.1970

Yaxshi maqola

Izoh qoldirish