Sovet hukumati qatag‘on qilgan 115 nafar vatandoshimiz O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan oqlandi

Saqlash
16:09 / 22.09.2021 1292 0

 «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoyishi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga ko‘ra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taklif kiritilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida hozirgi kunga qadar oqlanmagan bir guruh, ya’ni 115 nafar shaxsga nisbatan 6 ta jinoyat ishlari ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqildi va oqlandi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

Oqlanganlarning to‘liq ro‘yxati:

1.Ibragimbek Chakabayev – 1889-yilda Tojikiston SSR, Lokay-Tojik viloyati, Koktash qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek, ma’lumotli, oilali, boy va amirlik amaldorining o‘g‘li bo‘lgan. 1921-1926 yillarda “Vost. Buxare” “bosmachilik” harakatiga rahbarlik qilgan;

2.Suleyman Salaxutdinov (Ishan Sudur) – 1878-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, tojik, Buxoro Shayxulislomining o‘g‘li;

3.Is’han Isaxan Mansurxanov – 1884-yilda tug‘ilgan, Tojikiston SSR Chipturin tumani, Qayrag‘och qishlog‘ida yashagan, o‘zbek, oilali, ma’lumotli, Amirlik amaldorining o‘g‘li bo‘lgan, 500 kishilik “Bosmachi” guruhlarini boshqargan;

4.Adbukayum Parvanachi Ulayev – 1885-yilda Tojikiston SSR Kungurt tumani, Dang‘ara qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek, oilali, ma’lumoti yo‘q, yirik boy, Amirlik amaldori bo‘lgan, Sharqiy Buxorodagi “Bosmachi”lar harakati tashkilotchisi bo‘lgan;

5.Mirzakayum Cherov – 1898-yilda Tojikiston SSR Kungurt tumani, Sari-Yob qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek, oilali, ma’lumotli, Ibragim bekning shaxsiy kotibi vazifasini bajargan.

6.Kur Artik Ashirov – 1892-yilda Tojikiston SSR, Qizil-Mozor tumani, Sasi-Bulak qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek, oilali, ma’lumotsiz, chorvador boy bo‘lgan;

7.Alimardan Datxo Muxamedov – 1888-yilda tug‘ilgan, Tojikiston SSR, Beshbuloq qishlog‘ida yashagan, o‘zbek, oilali, ma’lumotsiz, Amirlik yirik amaldorining o‘g‘li, Ibragimbek Chakabayevning maslahatchisi bo‘lgan;

8.Mulla Niyaz Parvanachi Xakimov – 1879-yilda tug‘ilgan, Tojikiston SSR, Shaxrina tumani, Iskich qishlog‘ida yashagan, tojik, oilali, ma’lumotli, Amirlik amaldori bo‘lgan;

9.Tashmat Xodjaberdiyev – 1885-yilda Tojikiston SSR Xisor tumani, Karamanko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek, oilali, ma’lumotsiz, Amirlik amaldori bo‘lgan;

10.Mulla Axmad Biy Saidov – Tojikiston SSR, Kungurt tumani, Munduk qishlog‘ida yashagan, oilali, ma’lumotli, Amirlik amaldori bo‘lgan;

11.Kugan Kendjayev – 1904-yilda Tojikiston SSR, Kungur tumani, Qizil-Qiya qishlog‘ida tug‘ilgan, Tutkaul qishlog‘ida yashagan, oilali, ma’lumotli, Amirlik amaldori va yirik boy oilasidan chiqqan;

12.Kugan-bek Shiraliyev – 1898-yilda Tojikiston SSR, Lokay-Tojik tumani, Sho‘rchi qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek, oilali, ma’lumotsiz, Amirlik amaldorining o‘g‘li, 100 kishilik “Bosmachi” to‘dasiga rahbarlik qilgan;

13.Alyat Palvan Ilmirzayev – 1890-yilda tug‘ilgan, Tojikiston SSR Qizil-Mozor tumani, Uruldi qishlog‘ida yashagan, o‘zbek, ma’lumotsiz, oilali, to‘da boshlig‘i bo‘lgan;

14.Is'han Palvan Baxadur Zade – 1888-yilda tug‘ilgan, Kabadian tumanida yashagan, o‘zbek, ma’lumotli, oilali, “Bosmachi” to‘dasiga rahbarlik qilgan;

15.Sha Xasan Imankulov – 1894-yilda tug‘ilgan, Tojikiston SSR Lokay-Tojik tumani, Taushar qishlog‘ida yashagan, tojik, oilali, ma’lumotsiz, Qo‘rboshi Bobojonning yordamchisi bo‘lgan;

16.Azim Marka Astanakulov – 1881-yilda tug‘ilgan, Tojikiston SSR Lokay-Tojik tumani, Koktash qishlog‘ida yashagan, o‘zbek, oilali, ma’lumotsiz, Marka sulolasining yirik vakili.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930-yil 27 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra:

17.Sultanov Gafur – 1893-yilda Toshkent viloyati,Qibray tumanida tug‘ilgan, o‘zbek, SSSR fuqarosi, oilali, to‘rt nafar farzandi bor, dehqon,Toshkent viloyati,Qibray qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 1avgustda qamoqqa olingan.

SSSR Oliy sud harbiy hay’ati sayyor sudining 1938-yil 9 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra:

18.Kiramov Kivam – 1905-yilda Buxoroviloyati,Buxoro shahrida tug‘ilgan, o‘zbek, SSSR fuqarosi, ma’lumoti o‘rta, oilali, Toshkent shahridagi Fanlar Komiteti nashriyoti sobiq texnik redaktoribo‘lib ishlagan,Toshkent shahri,Oktyabr rayoni, Proletar mahallasi, 51-uyda yashagan, 1937-yil 4sentabrda qamoqqa olingan.

1930 yil 27 oktyabrdagi Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashi bayoniga ko‘ra:

19.Nasirxan Tyurya Said Kamalxan Tyuryayev – 1874-yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, millati tojik, O‘zSSR fuqarosi, 4 nafar oilasi bor, ma’lumoti oliy, OGPU hay’atining qaroriga ko‘ra 1925-yildan 1928-yilga qadar qamalda bo‘lgan, mudaris, fevraldan oktyabr revolyusiyalari davrida Namangan shahar dumasida faoliyat yuritgan, Qo‘qon avtonomiyasi sobiq ministri, Namangan diniy boshqarmasi sobiq raisi bo‘lgan, Koson shahrida yashagan, 1930-yil 16 iyulda qamoqqa olingan.

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

20.Xasanbay Rustamov – 42 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, boyning o‘g‘li, mulkiy holatiga ko‘ra o‘ziga to‘q, qishloqdoshlarining gapiga ko‘ra muqaddam ot o‘g‘riligiga aloqador, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma’lumot yo‘q;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

21.Mad Ibragim Urumbayev – 70 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, oilali, savodsiz, boylardan, sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 31 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

22.Toxtasun Baltabayev – 27 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, boy, yer reformasi bo‘yicha kesilgan, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

23.Djurabay Kari Isxakov – 39 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, oilali, savodli, 1929 yil oxiriga qadar savdo bilan shug‘ullangan, o‘z do‘koniga ega bo‘lgan, 1929 yilda paxta kam topshirgani uchun sudlangan, Namangan tumani Uychi qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

24. Israil Xodja Sarimsak Xodjayev – 41 yosh, Kosonsoy tumani Buloqboshi qishlog‘i ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, N.Tyuryayevning shogirdi, imom, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan.

25. Xodjibay Abdubayev – 42 yosh, Chust-Pop tumani Kaklik-Qo‘rg‘on qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, sobiq boy o‘g‘li, revolyusiyaga qadar qishloq oqsoqoli bo‘lgan, savodsiz, oilali, javobgarlikka tortilgan, Chust-Pop tumani Kaklik-Qo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 11 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

26.Muxammadiyev Axmadsha – 67 yosh, Namangan shahri ahli, sobiq savdogar, uy egaligi ijarasidan tushgan pulga yashaydi, diniy maktabni tamomlagan, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

27. Mulla Samiulla Safiullayev – 54 yosh, Namangan shahri ahli, tatar, O‘zSSR fuqarosi, diniy ta’limot olgan, sobiq katta yer egasi, yer reformasida kesilgan, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

28.Mansurbay Shirgaziyev – 63 yosh, Namangan tumani Qizil Qiyak qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, masjid oqsoqoli, savodsiz, oilali, uyiga ega, hunarsiz, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

29. Xadjixan Kanoatov – 37 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani, Kushon qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, eshon o‘g‘li, ma’naviy faoliyat bilan shug‘ullangan, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

30. Is'han Dadaxan Nasirxanov – 24 yosh, Kasansoy tumani, Kasana shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, oilali, Nasirxan Tyurya o‘g‘li, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

31. Gumbin Ignatiy – 38 yosh, Qizil jar tumani, Karvon qishlog‘i ahli, qirg‘iz, Qirg‘iz ASSR fuqarosi, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib,otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

32. Mulla Abdulla Madkarimov – 33 yosh, Kasonsoy tumani, Kokumbay qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, madrasada o‘qigan, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-64, 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

33.Xalmirza Umurzakov – 47 yosh, Kasonsay tumani Kokumbay qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, boy, savodsiz, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 1464, 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

34.Abbasxan Kari Aziz Xodjayev – 26 yosh, Kason shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, madrasada o‘qiydi, qori, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 78 moddasi bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

35.Xamra Xodja Mallya Xodjayev – 48 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani, Bekobod qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, savodli, boy, namanganlik eshon Akram Xan Tyura ukasi, oilali;

O‘zbekiston SSR JK 78-moddasi bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

36. Xuday Nazar Umurzakov – 37 yosh, Kasonsoy tumani, Kokumbay qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, diniy maktabda o‘qigan, qishloq magazini mudiri, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-64, 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

37.Abdu Gani Sadikbayev – 24 yosh, Kasonsoy tumani, Kokumbay qishlog‘i ahli, qirg‘iz, O‘zSSR fuqarosi, oilali, boyni bolasi, otasining uyida ishlaydi, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-64, 14-78 moddalari bilan aybli deb topiilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

38.Akramxan Turya Mallya Xodjayev – 76 yosh, Namangan shahri ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, mudarris, oilali, 1929 yilda bosmachilikka aloqadorlik bo‘yicha gumonlangan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

39. Atantay Satilganov – 56 yosh, Qizil jar tumani, Karvon qishlog‘i ahli, savodsiz, qirg‘iz, Qirg‘iz ASSR fuqarosi, oilali, cho‘pon, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib,otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

40.Madat Babakulov – 48 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, o‘ziga to‘q dehqon, qishloq xo‘jaligi mollarining olib sotish bilan shug‘ullangan, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 31 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

41.Raimbay Urumbayev – 41 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, boyning o‘g‘li, mulkiy holati bo‘yicha o‘rta holdagi dehqon, oldingi bosmachi, savodsiz, oilali (ikki nafar oilasi bor), sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 30 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

42.Abdujalil Mamatshayev – 32 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, o‘rta holdagi dehqon, oilali, chala savodli, “xalta-ko‘ynak”, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 31 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

43.Yuldashev Mulla Tadjibay – 36 yosh, Koson shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, N.Tyuryayevning shogirdi, diniy shaxs, oilali, sudlanmagan,

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

44.Mulla Fazil Babamuxamedov – 28 yosh, Namangan tumani Uychi-Lyaskidan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, N.Tyuryayevning shogirdi, “xalta-ko‘ynak”, savodli, moddiy axvoli o‘rta hol, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

45.Mulla Nugman Karimov – 33 yosh, Namangan shahri ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, Nasirxan Tyurya o‘quvchisi, savodi bor, xunarmand, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

46.Mulla Usman Kari Dadabayev – 28 yosh, Namangan tumani, O‘rta-mashad qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, imom, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

47.Mulla Sabit Tashmatov – 36 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, o‘ziga to‘q, diniy maktabda ta’limot olgan, oilali, “xalta-ko‘ynak”, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib 10 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

48.Muxamed Sadik Maxmudbayev – 30 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, oilali, chala savod, savdo bilan shug‘ullangan, o‘z do‘koniga ega bo‘lgan, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog‘ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma’lumot yo‘q;

O‘zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

49.Abduxalil Abdurazakov – 42 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, sobiq bosmachi, o‘rta holdagi dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog‘ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma’lumot yo‘q;

O‘zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

50. Mulla Israil Sadыkbayev – 26 yosh, Uzun-qishloq qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, kelib chiqishi diniy oiladan, dehqonchilik bilan shug‘ullangan, o‘rta hol, bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, Uzun-qishloq qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

51.Allyaxan Abdulla Xodjayev – 35 yosh, Kosonsoy tumani Koson qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, dinchining o‘g‘li, imom, oilali, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Koson qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

52. Mama Zakir Shukurbayev – 35 yosh, Namangan tumani Yastepa qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, o‘rta holdagi dehqon, ikki nafar oilasi bor, savodsiz, sobiq bosmachi, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 8 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

53. Xasan Xan Nasirxan Turyayev – 18 yosh, Kason shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, Nasirxan Tyurya o‘g‘li, muqim ish joyi yo‘q, madrasada o‘qiydi, bo‘ydoq, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 6 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

54.Abdulla Kari Katta Sheyxov – 25 yosh, Namangan tumani, Mashad qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, madrasa mullasi, bo‘ydoq, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 6 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

55.Imam Ali Kasimbayev – 30 yosh, Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, ahli qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, o‘rta holdagi dehqon, savodsiz, oilali, sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodra qilingan;

56. Mamed Ali Said Muratov – 20 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, o‘ziga to‘q dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 7 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

57.Axmed Ali Said Muratov – 26 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, o‘ziga to‘q dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 7 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

58.Damulladjan Abulkasimov – 29 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, o‘rta holdagi dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

59.Mulla Turdi Ashirmatov – 40 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, dehqonchilik va diniy faoliyat bilan shug‘ullangan, oilali, savodli, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

60.Mulla Djurabay Bachebayev – 32 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, oilali, savodli, hech qanday hunarga ega bo‘lmagan, “xalta-ko‘ynak”, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog‘ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma’lumot yo‘q;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

61.Abdul Axad Nishanbayev – 25 yosh, Kosonsoy tumani Uzun-qishloq qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, mulla bacha, bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Uzun-qishloq qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 5 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

62.Abduxalik Abdugafarov – 29 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i ahli, O‘zSSR fuqarosi, bo‘ydoq, savodli, imom, bachabozlik gumoni bo‘yicha sudlangan, Yangiqo‘rg‘on tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 5 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

63.Saydulla Maksudov – 25 yosh, Chust shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, diniy ta’limotchining o‘g‘li, etikdo‘z, oilali, savodli, muqaddam sudlanmagan, Chust shahrida yashagan, 1930 yil 5 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 78-moddasi bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

64.Dada Xodja Appak Xodjayev – 60 yosh, Kasana shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, savodli, diniy maktabda o‘qigan, “xalta kuynak”, mayda savdogar;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

65.Mad Ibragim Baratbayev – 45 yosh, Kasana shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, Nasirxanning o‘quvchisi, mudarris, imom, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

66.Mulla Abdulxay Kari Dadabayev – 25 yosh, Kasana shahri ahli, tojiq, O‘zSSR fuqarosi, diniy ta’lim bilan shug‘ullanadi, qori, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

67.Zikriya Xodja Akramxanov – 25 yosh, Namangan shahri ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, Akramxon Tyurya o‘g‘li, bo‘ydoq, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

68.Mulla Alixan Azizbayev – 25 yosh, Namangan tumani, Mashad qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, o‘rtaxol dehqon, diniy maktabda o‘qigan, bo‘ydoq, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 5 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

69. Karimbay Saidbayev – 41 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, dehqon, kambag‘al, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 2 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybdor deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

70.Xashimbay Xakimbayev – 35 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

71.Tyuryabay Kadirkulov – 38 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, oilali, savodsiz, kambag‘al, muqaddam 1937 yilda suv mojarosi bo‘yicha sudlangan, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 31 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

72.Mamarasul Tyuryabayev – 27 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, o‘rta holdagi dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 1 iyulda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

73. Ata Mirza Abduraximov – 26 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog‘i ahli, O‘zSSR fuqarosi, oilali, savodsiz, kambag‘al dehqon, yer reformasi vaqtida 16 tanop yer olgan, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Uychi qishlog‘ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma’lumot yo‘q;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

74. Baxram Maksudov –  48 yosh, Kosonsoy tumani Chombosh qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, o‘ziga to‘q dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Chombosh qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 21 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

75. Mulla Axmad Ali Abdu Fattaxov – 36 yosh, Koson shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, kelib chiqishi savdogarlardan, imom, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

76. Sayfetdin Kari Abdujalilov – 56 yosh, Namangan tumani Uychi Laskidan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, qori, imom, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

77. Askar Ali Abduvaxabov – 38 yosh, Namangan tumani Qizil-Kiyak qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, hech bir xunarsiz, yeriga ega emas, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

78. Raxmatulla Abdu Vaxabov – 45 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, ipakchi, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

79.Abduraxman Tapildibayev – 21 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, ipakchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, moddiy tomondan kambag‘al, “xalta-ko‘ynak”, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

80.Kurbanbay Yusupbayev – 60 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, savodsiz, oilali, uy savdosi va dehqonchilik bilan shug‘ullangan, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

81.Mulla Askar Nazarmatov – 27 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, diniy maktabda ta’lim olgan, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

82.Xodjam Berdi Madaminov – 56 yosh, Namangan tumani, Qizil qiya qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, bog‘bon, savodsiz, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

83.Muxamedsha Kanoatshayev – 39 yosh, Namangan shahri ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, savodli, xanarmand, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

84. Mulla Abdu Kadir Mamad Karimov – 32 yosh, O‘rta mashad qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, madrasada o‘qiydi, usta, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

85.Payzbay Usmanov – 29 yosh, Namangan tumani, Ko‘l kurgan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, masjid imomi va so‘fisi, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, oilali, savodli, sudlangan;

O‘zbekiston SSR JK 58-77 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

86.Saidbay Ustababayev – 40 yosh, Namangan tumani, Ko‘l-qurgan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, o‘rta dehqon, savodsiz, Ishan Dadaxan Nasirxanovning jiyani, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib,3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

87. Nuretdin Kari Asadullayev – 42 yosh, Kasana shahri ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi,diniy maktabni o‘qigan, qori, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

88.Inamdjan Kari Muxamed Aminov – 43 yosh, Mashad qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, imom, madrasada o‘quvchi bo‘lgan, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

89.Abdulladjan Kari Madraimov – 30 yosh, Chust-Pop tumani, Kaklik-qurgan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, savodli, bo‘ydoq, bachavozlik bilan sudlangan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib,3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

90.Baltabay Uraz Aliyev – 50 yosh, Namangan tumani, Qizil-rovot qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, tabib, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib,3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

91.Mulla Mumin Rustamov – 40 yosh, Kasansoy tumani, Qizil-ravot qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, Nasirxanovning o‘quvchisi, sobiq imom, oilali;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

92.Mulla Mamadjan Karabayev – 35 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘i ahli, dehqonchilik va diniy faoliyat bilan shug‘ullangan, kelib chiqishi bo‘yicha o‘rta hol, oilali, savodli, muqaddam sudlanmagan,

Yangiqo‘rg‘on tumani Kushan qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 2 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

93.Isakdjan Alibayev – 24 yosh, Namangan shahri ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, xunarmand, madrasada o‘qigan, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 2 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

94.Isametdin Xodji Nurmamedov – 64 yosh, Kasansoy tumani, Panixan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, bog‘bon, savodsiz;

O‘zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 2 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

95.Isanbay Urazbayev – 49 yosh, Qizil Ravot qishlog‘i ahli, qirg‘iz, O‘zSSR fuqarosi, 6 yil davomida imomlik qilgan, ohirgi paytlar dehqonchilik bilan shug‘ullangan, o‘ziga to‘q, oilali, savodlik, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

96.Nur Muxamed Ustababayev – 23 yosh, Namangan tumani, Ko‘l-qurgan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, nochor dehqon, Ishan Dadaxan Nasirxanovning jiyani, oilali, savodli;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

97.Barat Uzakbayev – 29 yosh, Kasana shahri ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, savodsiz, oilali, sudlanmagan, “Ruvadjiya” ipakchilik tashkiloti a’zosi, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78-moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

98.Dadamirza Abduvaxidov – 36 yosh, Kasansoy tumani, Kokumbay qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, madarasada o‘qigan, o‘rta xol dehqon, oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

99.Muyetdin Xan Shaidxan Xodjayev – 25 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani, Begavot qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, oilali, savodli, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

100. Abdulladjan Madali Xodjayev – 42 yosh, Kasansoy tumani, Kokumbay qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, o‘rta ma’muotli, ikki oilali, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, 1 yil konslagerda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilingan;

101.Dadadjan Abdulkasimov – 22 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, kambag‘al dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, qamoqqa olingan vaqti haqida ma’lumot yo‘q;

O‘zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

102.Uzakbay Lolakariyev – 30 yosh, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘i ahli, qipchoq, O‘zSSR fuqarosi, kelib chiqishi diniy oiladan, kambag‘al dehqon, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Kosonsoy tumani Ravot qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 7 iyunda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

103.Xodjixan Mulla Karimbayev – 44 yosh, Namangan tumani Qumqo‘rg‘on qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, diniy shaxs o‘g‘li, “xalta-ko‘ynak”, moddiy holati bo‘yicha kambag‘al, oilali, savodsiz, muqaddam sudlanmagan, Namangan tumani Qumqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, 1930 yil 27 mayda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR JK 58-67-moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

104.Ilmiyamin Yusupbayev – 25 yosh, Namangan tumani Kulqo‘rg‘on qishlog‘i ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, dinshunos o‘g‘li, “xalta-ko‘ynak”, moddiy holati bo‘yicha o‘rta hol, bo‘ydoq, savodsiz, Nosirxonning sheriklaridan biri bo‘lmish Mukumning qarindoshi, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib, qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan.

105.Shukurbay Shiraliyev – 70 yosh, Namangan tumani Yastepa qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, dehqon, o‘rta hol, mehnatga layoqatsiz, “xalta-ko‘ynak”, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

106.Abdullabay Mansurbayev – 42 yosh, Yangiqo‘rg‘on tumani Mirza ravot qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, dexqon-kambag‘al, yer reformas davrida 14 tanop yer olgan, savodsiz, beva, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

107.Baba Muxamed Dadadjanov – 65 yosh, Namangan tumani Uychi qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, dehqon, “xalta-ko‘ynak”, oilali, savodsiz, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

108.Imamxan Mumin Xodjayev – 21 yosh, Koson shahrining ahli, tojik, O‘zSSR fuqarosi, savodsiz, oilali, kambag‘al dehqon, sudlanmagan;

O‘zbekiston SSR JK 17-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

109.Akbarxodja Abduvaxxabov – 41 yosh, Namangan tumani Qizil Kiyak qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, “xalta-ko‘ynak”, ipakchi, oilali, savodsiz;

O‘zbekiston SSR JK 14-78 moddalari bilan aybli deb topilib, qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinib, mol-mulki musodara qilingan;

110.Xalmamad Ustababayev – 24 yosh, Namangan tumani, Ko‘l-qurgan qishlog‘i ahli, o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, dehqon, savodsiz, Ishan Dadaxan Nasirxanovning jiyani, oilali, sudlanmagan;

111.Teregulov Osman Igmatulovich – 1896-yil Ufa guberniyasida tug‘ilgan, millati tatar, SSSR fuqarosi, sudlanmagan, Bashkiriya oq armiyasi poruchigi unvonga ega, Xiva Respublikasi “Revvoyensovet”da kotib bo‘lib ishlagan, 1921 yil 1 dekabrda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR (eski tahriridagi) JKning 60-moddasi bilan aybli deb topilib, 3 yil konslagerga surgun qilish jazosiga sudlangan;

112.Yungerov Aleksandr Vasilyevich – 1883-yil Penza shahrida tug‘ilgan, millati rus, SSSR fuqarosi, sudlanmagan, Qirol armiyasi shtab kapitani unvoniga ega, 2-Turkiston birgadasi komandiri va vaqtincha Xorazm Respublikasi harbiy boshlig‘i bo‘lib ishlagan, 1921 yil dekabrda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR (eski tahriridagi) JKning 60-moddasi bilan aybli deb topilib, 2 yil konslagerga surgun qilish jazosiga sudlangan;

113. Muratov Iskander Isxakovich – 1895-yil Semirchensk viloyatida tug‘ilgan, millati rus, SSSR fuqarosi, sudlanmagan, Xorazm Respublikasida ma’muriy bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan, 1921 yil 1 dekabrda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR (eski tahriridagi) JKning 60-moddasi bilan javobgarlikdan ozod qilinib, Turkiston, Bashkiriya, Tatariston va Kavkaz Respublikalarida yashash huquqidan mahrum qilingan;

114.Gaynulin Zagidlulla Gayduloyevich – 1897-yil Kavkaz guberniyasida tug‘ilgan, millati tatar, SSSR fuqarosi, sudlanmagan, Ma’lumot to‘plash uyushmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan, 1921 yil 1 dekabrda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR (eski tahriridagi) JKning 60-moddasi bilan javobgarlikdan ozod qilinib, Turkiston, Bashkiriya, Tatariston va Kavkaz Respublikalarida yashash huquqidan mahrum qilingan;

115.Daminov Latif – 1906-yilda Samarqand viloyati Qoradaryo tumanida tug‘ilgan, o‘zbek, SSSR fuqarosi, oilali, Mitan tumanidagi “Stalin-Yulыdan” gazetasining redaktori bo‘lib ishlagan, Samarqand viloyati, Qoradaryo tumani, Metan qishlog‘ida yashagan, 1938-yil 19 yanvarda qamoqqa olingan;

O‘zbekiston SSR (eski tahrirdagi) JK 57-moddasining 1-qismi, 67-moddasi bilan aybli deb topilib, otish yo‘li bilan o‘lim jazosiga sudlanib, mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish