II xalqaro baxshichilik san’ati festivali g‘oliblari aniqlandi

Saqlash
12:09 / 21.09.2021 1219 0

 Joriy yilning 17 sentyabr kuni Nukus shahrida boshlangan II-Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Natijalarga ko'ra, 

«Festivalda milliy san’atini targ‘iboti uchun» nominatsiyasi sovrindori — Timko Chichakovski (Makedoniya)

«Baxshichilik san’ati festivalining yoshi ulug‘ ishtirokchisi» nominatsiyasi sovrindori — Drajik Bugarin (Serbiya)

«Xalqlarning qadimiy meros targ‘ibotchisi» nominatsiyasi sovrindori — Nusrat Ansariy (Hindiston)

«Ajdodlarning unutilayotgan urf-odatlarini tarannum etgani uchun» nominatsiyasi sovrindori — Tolgaxan Tiktash (Turkiya)

«Baxshichilik san’ati orqali do‘stlik rishtalarini tarannum etgani uchun» nominatsiyasi sovrindori — Talgat Urinbekov (O‘zbekiston)

«Hay’at a’zolarining mehrini qozongan ishtirokchi» nominatsiyasi sovrindori — Mukimjon Kamolov (Tojikiston)

«An’analarga sodiq baxshi» nominatsiyasi sovrindori — Qahhor Raximov (O‘zbekiston)

«Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi» nominatsiyasi sovrindori — Kelema (Madagaskar)

«Qadriyatlar davomchisi» nominatsiyasi sovrindori — Ravshan Mamatmuratov (O‘zbekiston)

«Baxshichilik san’ati jonkuyari» nominatsiyasi sovrindori — Bahrom Raximov (O‘zbekiston) bo'ldi. 

 

Tanlov g‘oliblari:

3-o‘rin sohibi — Samad Kochobayev (Qirg‘iziston)

3-o‘rin sohibi — «Kaukasus» guruhi (Gruziya)

3-o‘rin sohibi — Xosseyin Geylan (Eron)

3-o‘rin sohibi — Baxshiqul Tog‘ayev (O‘zbekiston)

 

2-o‘rin sohibi — Elmira Jangabergen (Qozog‘iston)

2-o‘rin sohibi — Mubariz Aliyev (Ozarbayjon)

2-o‘rin sohibi — Aleksey Xovalyag (Rossiya, Tuva)

2-o‘rin sohibi — Gulbahor Aximbetova (O‘zbekiston)

 

1-o‘rin sohibi — Feruz Normatov (O‘zbekiston)

1-o‘rin sohibi — Yuliana Krivoshapkina (Rossiya, Yakutiya)

 

Gran pri sohibi — Janibek Piyazov (O‘zbekiston)

 

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlandi:

3-o‘rin — 1.250 AQSH dollari

2-o‘rin — 1.750 AQSH dollari

1-o‘rin — 5000 AQSH dollari

Gran-pri sohibi — 7000 AQSH dollari

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish