Olimpiada oʻyinlari sovrindori Davlat Bobonov jahon reytingida 1-oʻringa koʻtarildi

Saqlash
10:10 / 28.10.2021 949 0

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) dzyudochilarning yangilangan reyting oʻrinlarini eʼlon qildi. Bu haqida Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Unga koʻra, oʻzbekistonlik dzyudovchi Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida dunyo reytingida 1-oʻringa koʻtarilib oldi. Mazkur reytingda soʻnggi bor bundan 9 yil avval oʻzbekistonlik dzyudochi peshqadam boʻlgan edi. Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov Rishod Sobirovning 9 yil avvalgi natijasini takrorladi.

 

Shuningdek, yana ikki nafar oʻzbekistonlik dzyudochi yangilangan reytingda TOP-10 dan joy olgan. Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) avvalgi oʻrniga nisbatan bir pogʻona pastlab, 4-oʻrinni egallab turibdi. Sardor Nurillayev (-66 kg) ham bir pogʻonaga pastlab, 6-oʻrinni band etgan.

 

Qizlardan esa -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova (3202 ochko) hamda -70 kg vaznda Gulnoza Matniyazova (3027 ochko) bir xil — 11-oʻrindan joy olishgan.

 

-60 kg:

1. Yago Abuladze (Rossiya) — 4841 ochko;

20. Kemran Nurillayev (Oʻzbekiston) — 1928 ochko.

 

-66 kg:

1. An Baul (Janubiy Koreya) — 5603 ochko;

6. Sardor Nurullayev (Oʻzbekiston) — 3569 ochko.

 

-73 kg:

1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) — 5175 ochko;

13. Hikmatilloh Toʻrayev (Oʻzbekiston) — 2879 ochko.

 

-81 kg:

1. Tato Grigalashvili (Gruziya) — 6692 ochko;

4. Sharofiddin Boltaboyev (Oʻzbekiston) — 4436 ochko.

 

-90 kg:

1. Davlat Bobonov (Oʻzbekiston) — 6004 ochko;

35. Shermuhammad Jandreyev (Oʻzbekiston) — 1140 ochko.

 

-100 kg:

1. Arman Adamyan (Rossiya) — 5524 ochko;

13. Muhammadkarim Xurramov (Oʻzbekiston) — 3015 ochko.

 

+100 kg:

1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) — 5900 ochko;

22. Alisher Yusupov (Oʻzbekiston) — 1833 ochko;

26. Bekmurod Oltiboyev (Oʻzbekiston) — 1487 ochko.

 

Ayollar:

-52 kg:

1. Amandin Bushar (Fransiya) — 6520 ochko;

11. Diyora Keldiyorova (Oʻzbekiston) — 3202 ochko.

 

-70 kg:

1. Barbara Matich (Xorvatiya) — 5810 ochko;

11. Gulnoza Matniyazova (Oʻzbekiston) — 3027 ochko.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish