3275

Eldoshlarim, dildoshlarim

Muallif::

Sirojiddin Sayyid

Sana::

2021

Janr:

Nazm

Kitob haqida

 

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida Yangi O‘zbekistonimizning taraqqiyoti haqida gapirib: “Biz o‘z oldi­mizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xoraz­miylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Bobur­larni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”, – degan so‘zlarni alohida ta’kidlagan edi.

Bu jarayonda shoir va yozuvchilarimiz zimmasidagi vazifalar nimadan iborat, adiblar bunyodkor xalqimizga kamarbasta bo‘lish, o‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish uchun qanday faoliyat olib borish zarur? Prezidentimiz muborak nomlarini sa­nagan buyuk ajdodlarimiz ilm-fan va adabiyot namoyandalaridir. Insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan allomalarimiz faoliyatiga nazar tashlashning zamirida qanday ishoralar borligini bu­gunning ijodkori yurak-yurakdan his etganida o‘zining jamiyatdagi o‘rnini qanday baholaydi?

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning yangi kitobida mana shunday muhim va dolzarb adabiy-ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratilgan. O‘quvchilarga “Shoir va zamon” turkumida taqdim etilayotgan mazkur kitob ikki bo‘limdan iborat. “Ogohlik talqini” sarlavhasi ostida yangi she’rlar, “Vatanni sevish kerak” deb nomlan­gan bo‘limda esa maqolalar, suhbat va munosabatlar jamlangan.

Kitob mutolaasi davomida o‘quvchilar zamonamiz qahramonla­rining ibratli faoliyati, ichki kechinmalari, orzu-niyatlari bi­lan tanishadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tub islohotlar badiiy talqin etilgani, voqealar, holatlar jonli va hayotiy misollar, haroratli so‘zlar vositasida tasvirlangani tu­fayli asarlar kitobxonlar yuragida xalqqa va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Kitobning butun mazmun-mundarijasi ichra bo‘y ko‘rsatib turgan bosh qahramonning bedor va behalovat yuragi­ning “yo‘l xaritasi” esa o‘quvchini sehrli hayratu hayajonlarga oshno etadi. Zamon ruhi ijodkor yuragida jo‘sh ursa va uning asarlarida aks etsa, nur ustiga nur bo‘ladi. “Ayo shoir, eling aytar: baloni so‘z bilan qaytar”, deydi shoir va siz bu so‘zlarning chin yurakdan ay­tilganiga imon keltirasiz.

“Adabiyot – xalqning yuragi” degan hikmatli so‘zda ana shunday yuksak g‘oya va ezgu niyat mujassam, deb bilamiz.

Aziz o‘quvchi, sizning ham yuragingiz bugungi zamonamiz ruhiga hamnafas, adabiyotga hamohang urib turganiga sidqidildan ishona­miz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

O‘xshash kitoblar