3597

Shabnam soyasida

Muallif::

Uyg‘un Ro‘ziyev

Sana::

2021

Janr:

Nasr

Kitob haqida

Ushbu asarda taqdirning butun zarbalariyu hukmini sabr-toqat, shukronalik bilan qabul qilib yashagan ona va qiz hayoti misolida butun bir murakkab davr, ziddiyatli xarakterlar, insonlarning shafqatsiz tomoshatalabligi yoritib beriladi. Yaltiroq hoyu havaslar ichida insoniylikning qanday yo‘qolib ketishi va uning mehr-muhabbat tufayli qaytadan barpo bo‘lishi haqidagi haqiqat voqealar rivojida anglashilib boradi. Baxtli va baxtsiz damlarda ham qalb asilligini saqlab qolish qanchalar muhim ekanligi haqidagi bu roman o‘quvchilarda chuqur taassurot qoldirishiga ishonamiz.

2 Izohlar

Zuhra

06:01 / 01.01.1970

Assalomu alaykum mening ismim Zuhra .Men 19 yoshdaman . Ko'p kitoblar o'qiganman desam xato bo'ladi aslidayam . Lekin o'qiganlarimning deyarli barchasi menda yaxshi xotira qoldirgan . Oybekning bolaligi , Elchin Safarlining Qaytganimda uyda bo'l asari va Joze Mauro de Vaskonselosning Azizim Po'rtaxol nomli asari va hamda bir qancha asarlari . Endi bularning safiga Shabnam soyasida asari ham kirdi . Asar mening qo'limga go'yoki dab durustdan kelib qoldi ,aslidayam shunday . Negadir u e'tiborimni tortdi kitoblar orasidan . Bu asarni o'qiganimdan bag'ayotda mamnunman , asar real yoki to'qima obrazlar bo'lishidan qat'iy nazar insonlarning taqdiri xilma - xil . Hayot bunaqa taqdirlarni insonlarga ro'baro ko'rgan . Asar qahramoni Maryam judayam chiroyli gavdalantirilgan , uning onasi undan ham yaxshi . Rostdan har bir inson kechagi kunini unutib qo'yadi , shunday vaziyatlar bo'ladiki insonlar bir birini tushunmay qolishadi . Asarni o'qib ko'z yosh to'kdim demayman , ammo yuragimdagi yosh ko'zimga keldi Maryamning Men bunday fayzli oqshomni hech ko'rmaganman deb yig'lab yuborganida . Bu asarni yaratganingiz va biz bilan bo'lishganingiz uchun katta rahmat . Bundanda yaxshi emas xuddi shunaqa asarlar yozing , chunki bu asar judayam ajoyib .

Sarafroz

06:01 / 01.01.1970

Assalomu alaykum hurmatli Uyg‘un Ro‘ziyev. Sizning "Shabnam soyasida" nomli romaningizni o‘qib chiqdim . Ushbu asar menda juda katta taassurot qoldirdi. Bilasizmi kitobni o‘qir ekanman romandagi Maryam bilan birga yashagandek bo‘ldim . U yig‘lagan paytda yig‘ladim quvongan paytida esa u bilan birga quvondim. Bir qizning his tuyg‘ularini go‘zal tarzda ifodalab berganingiz uchun sizdan g‘oyat minnatdor. Muxlisangiz Sarafroz

Izoh qoldirish

O‘xshash kitoblar

3430
Saqlash
3153
Saqlash
3598
Saqlash