“Vatanparvar ajdodlarimiz yodi barhayot” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok eting!

18:09 / 10.09.2021 3815
Saqlash

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 22 sentyabr kuni soat 10.00da “Vatanparvar ajdodlarimiz yodi barhayot” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.   

Konferensiyaga quyidagi mavzulardagi ma’ruzalar qabul qilinadi:

1. “Vatan dardi bilan yongan ajdodlar” ( Shiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Abu Muslim, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Amir Temur va boshqalar)

2. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zbek ma’rifatparvarlarining o‘rni va roli (Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Xo‘ja Muin va boshqalar)

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish istagida bo‘lsangiz tegishli mavzulardagi maqolalaringizni 90 9960747, 946570787 raqamlaridagi telegram manzilga yuborishingizni so‘raymiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 71 215 5198 raqami yoki yuqorida ko‘rsatilgan raqamlar bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Konferensiya onlayn hamda oflayn tarzda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish